Jahon | 12:48 / 25.08.2016
13161
2 daqiqa o‘qiladi

Eron harbiy katerlari AQSh esminetsini quvib yetdi

Foto: EPA

Eron harbiy katerlari O‘rmuz bo‘g‘ozida Amerikaning Nitze raketa esminetsini quvib yetgan, deb xabar qilmoqda AQSh mudofaa vazirligi vakiliga tayangan holda TASS agentligi. 

«Eronning tezyurar katerlari, jiddiy ogohlantirishlarga qaramay, Nitze esminetsiga xavfli masofada yaqinlashishga jur'at etishgan», — degan Pentagon vakili. Uning aytishicha, motorli qayiqlar 300 yardga (274 metr atrofida) yaqinlashishgan, shundan so‘ng eronlik harbiylar tezlikni oshirib, esminets yonidan ketishgan.

Ma'lum bo‘lishicha, Nitze va Amerikaning yana bitta raketa esminetsi Mason O‘rmuz bo‘g‘ozi orqali tranzit suzishini amalga oshirayotgan bo‘lgan. AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) rasmiy vakili Kayl Reynsning ishontirishicha, ular halqaro suvlarda bo‘lgan. 

Ta'kidlanishicha, Nitze 12 marta katerlar bilan radioaloqa o‘rnatishga muvaffaqiyatsiz uringan, uch marta halokat signalini bergan. 

Pentagon ma'muriyati eronlik harbiy dengizchilarning hatti-harakatlarini «xavfli va malakasiz» deb baholagan hamda «xalqaro huquq va xalqaro dengiz qoidalariga mos kelmasligi»ni ta'kidlagan.

Mavzuga oid