Jamiyat | 20:02 / 26.08.2016
5114
1 daqiqa o‘qiladi

Normandiyadagi plyajda qoya ko‘chkisi videoga olindi

25 avgustda Normandiyadagi gavjum plyajlardan biri yonida qoya ko‘chkisi yuz berdi. BFMTV telekanalining ma'lum qilishicha, ko‘chkidan hech kim jabr ko‘rmagan. Suvga 50 ming tonnaga yaqin tuproq, qum va qoya jinslari qulagan. Mahalliy aholi uchun bu hodisa anchagina odatiy holdir. Biroq hukumat sayyohlarni sohil bo‘ylab sayrlar va kimsasiz plyajlarda hordiq vaqtida ehtiyot bo‘lishga chaqirmoqda.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid