Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yunona» zondi Yupiterga rekord darajada yaqinlashdi
«Yunona» (Juno) sayyoralararo stansiyasi Yupiterni birinchi marta aylanib o‘tib, sayyorga rekord darajada yaqinlashdi. Bu haqda NASA agentligi xabar bergan.
Zond gazsimon bu sayyorani yana 35 marta aylanib chiqishi rejalashtirilgan. Ayni vaqtda«Yunona» Yupiterdan 4,2 km masofada turibdi. NASA ma'lumotiga ko‘ra, bu Yerdan uchirilgan qurilma va boshqa sayyora orasida yuzaga kelgan eng yaqin masofa bo‘ldi.
Yupiterni aylanib chiqish vaqtida zond soatiga 280 ming km tezlikda harakatlangan. Yaqin haftalar ichida stansiya tomonidan olingan Yupiterning ilk suratlari namoyish etiladi. Bu suratlarda ilk marta sayyoraning janubiy va shimoliy qutblari aks etgan.
Bu dastur doirasida olimlar sayyoraning gravitatsion va magnit maydonlarini batafsil o‘rganish hamda Yupiterda qattiq yadro mavjudligi gipotezasini tekshirishni mo‘ljallashgan. Bundan tashqari, avtomatik sayyoralararo stansiya sayyoraning bulutlari va qutb yog‘dularini o‘rganadi. Bu missiya orqali olimlar Yupiterning kelib chiqishi, uning tuzilishi va fizik xususiyatlari haqida ko‘proq ma'lumot olishga umid qilishmoqda.
«Yunona» missiyasi 2018 yil fevralgacha davom etadi va undan keyin zond Yupiter atmosferasida yo‘q qilib yuboriladi.
Mavzuga oid
18:52 / 24.12.2024
NASA zondi Quyoshga rekord darajada yaqinlashadi
11:30 / 07.11.2024
NASA Yupiterning eng tiniq suratlarini e’lon qildi
01:28 / 14.10.2024
NASA Yupiter tabiiy yo‘ldoshiga uchiriladigan missiyasini tayyorlamoqda
22:57 / 25.09.2024