Jamiyat | 19:53 / 06.09.2016
52451
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentdagi Navoiy ko‘chasi va O‘qchi mahallasi oralig‘idagi ochiq maydonda yong‘in sodir bo‘ldi
Bugun 6 sentabr soat 14:30da Furqat ko‘chasi bo‘ylab yong‘in sodir bo‘ldi – quruq o‘tli maydon yondi. Bu haqida nuz.uz nashri xabar berdi.
Sobiq Navoiy yarmarkasi o‘rnida qurilgan uylar orqasidagi bo‘sh maydonda kuchli yong‘in chiqqan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, quruq o‘tlar bilan qoplangan maydon yongan, yong‘in kuchidan atrof tutunga burkangan.
Yong‘in sodir bo‘lgan joyga o‘t o‘chirish xizmati xodimlari yetib kelishdi va tezkorlik bilan yong‘in o‘chog‘ini o‘chirishdi.
Jabrlanganlar yo‘q. Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.