Jamiyat | 10:42 / 07.09.2016
9758
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Niderlandiya bosh vazirining etnik turklar borasidagi fikrlarini tanqid qildi

Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryuttening etnik turklarga nisbatan aytgan gaplari oliy davlat lavozimini egallab turgan shaxs uchun munosib emas, deya ta'rif bergan Turkiya TIV matbuot kotibi Tanju Bilgich.

«Niderlandiya bosh vazirining etnik turklar haqida aytganlari davlatning yuqori lavozimini egallab turgan odamga mos kelmaydi. Yevropada istiqomat qilayotgan va Fathulloh Gulen rahbarligidagi terrorchilik oqim a'zolarini tanqid qilayotgan turklarning qarashini tanqid qilish Niderlandiya hukumatining terrorizmni qo‘llab-quvvatlayotganidek tasavvur uyg‘otadi hamda ikki mamlakat do‘stona va ittifoqchilik aloqalariga zarar yetkazadi», — deya Bilgich so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi. 

Matbuot kotibining qayd etishicha, Niderlandiya turklari o‘zlarining qonuniy huquqlaridan foydalanmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ryutte so‘zlari ularning ijtimoiy birlashuv jarayoniga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. 

Avvalroq, Ryutte Turkiyaning Rotterdamdagi diplomatik vakolatxonasi oldida turk hukumati va fuqarolarini qo‘llab o‘tkazgan tinch namoyishiga nisbatan keskin fikrlar bildirgan edi. 

Aktsiya ishtirokchisi va mahalliy OAV xodimi o‘rtasida yuz bergan tortishuvni izohlagan Ryutte etnik turklar Niderlandiya jamiyatiga qo‘shilib keta olmasligi sabab, Turkiyaga qaytishsa maqsadga muvofiq ekanini aytgandi. 
 

Mavzuga oid