Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijtimoiy tarmoqda Samsung’ning yangi smartfoni surati paydo bo‘ldi
O‘tgan haftada Xitoyda ma'lumotlari paydo bo‘lgan yangi buklama smartfon -Samsung Galaxy Folder 2 surati ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi. Bu haqda Sammobile xabar bergan.
SM-W2017 surati dastlab Weibo mikrobloglar xizmatida tarqalgan.

Sammobile ma'lumotiga ko‘ra, yangi smartfon displeyi - 4,2 dyuym (Super AMOLED). Tashqi jihatdan buklama qurilma Galaxy J arzon liniya smartfonlarini eslatadi.
Galaxy Folder 2 to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 820 protsessori, 64 Gb ichki va 4 Gb tezkor xotira, 12 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kameraga ega.
Qurilma Android 6.0.1 Marshmallow operatsion tizimida ishlaydi.
Smartfonning rasmiy narxi e'lon qilinganicha yo‘q, ammo uning 300 dollar atrofida sotuvga chiqishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
13:18 / 12.05.2025
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi
10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi
19:00 / 28.03.2025
Samsung yangi Galaxy A56 5G, A36 5G va A26 5G smartfonlarini taqdim etdi
17:50 / 28.03.2025