Fizika bo‘yicha «Nobel» mukofoti nima uchun berilishi ma'lum qilindi
Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahrida fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari nomi e'lon qilindi. Ma'lum bo‘lishicha, ilm-fan sohasidagi obro‘li sovrinlardan birining bu yilgi sohiblari Vashington universiteti olimi Jyeyms Taules, Prinston universiteti vakili Frederik Xaldeyn va Braun universiteti ilmiy xodimi Jon Kosterlits o‘rtasida taqsimlanadi. Ular, topologik fazali o‘tishlarga oid ilmga qo‘shgan hissasi uchun shunga munosib topilgan.
Qo‘mita xabarida aytilishicha, mazkur olimlar o‘ta yuqori o‘tkazgichlar, o‘ta oquvchi suyuqliklar va magnitli tasmalar kabi materiyalarning noodatiy faza(davr)lari va xususiyatlarini ta'riflashning matematik usullarini ishlab chiqishgan. Olimlarning ishlanmalari dunyoning ko‘plab olimlari izlanishlar olib borayotgan moddalarning noodatiy fazalarini qidirish ehtimolini haqiqatga aylantirgan.
Mavzuga oid
15:15 / 27.09.2024
Shvetsiyada bobo-buvilarga nabiralariga qaragani uchun nafaqa berilmoqda
23:35 / 23.09.2024
Shvetsiyaning muvaffaqiyat tarixi: CO2 chiqindilarini kamaytirgan holda qanday qilib YaIMni ikki baravarga oshirish mumkin?
00:28 / 16.09.2024
Stokgolmda 2033 yilga borib uy-joy yetishmovchiligi kuzatiladi
23:20 / 12.09.2024