Jahon | 11:33 / 06.10.2016
5806
1 daqiqa o‘qiladi

Sanders Trampning prezident bo‘lishini AQSh uchun falokat deb atadi

Foto: Reuters

AQSh prezidentligi saylovida Demokratlar partiyasidan sobiq nomzod Berni Sanders Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trampning prezidentligi mamlakat uchun falokat bo‘lishini aytib o‘tdi.

"Men bu saylovlarni favqulodda muhim deb bilaman. Donald Tramp prezident bo‘lishi - bu mamlakat uchun falokatdir... Biz Tramp kabi prezidentni istaymizmi? U saylovoldi kampaniyasini fanatizm asosida qurdiku... Bu nomzod har kuni ayollarni kamsitadi va ularga hujum qiladi", degan Sanders RT telekanali muxbiri Ed Shultsga bergan intervyusida.

AQSh prezidentligi va kongressning ikki palatasi uchun saylovlar 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Barak Obama ikkinchi muddatini yakunlamoqda va saylovda nomzodi bilan ishtirok etish huquqiga ega emas. 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid