Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya imperatorining taxtdan voz kechish imkoni qonun doirasida ko‘rib chiqiladi
Yaponiya vazirlar mahkamasi mamlakat parlamentining joriy qonunchilikka o‘zgarishlar kiritmasdan imperator Akixitoning taxtdan voz kechish imkoni haqidagi so‘rovnomasiga yozma javobini tasdiqladi. Bu haqida 7 oktabr, juma kuni Kiodo agentligi xabar berdi.
Mamlakat hukumati Akixitoga imperator oilasi haqidagi qonunga istisno sifatida taxtni tark etish imkonini beruvchi maxsus qonun loyihasini taklif qilishga qaror qildi. Unda imperatorning taxtdan voz kechishi ko‘zda tutilmagan, lekin Akixitoga uning iltimosiga ko‘ra, qonunga o‘zgarishlar kiritmay buni amalga oshirish imkoni beriladi.
Yaponiya hukumatining maxsus komissiyasi 17 oktabr kuni bu borada o‘zining birinchi majlisini o‘tkazadi va turli fikrlarni o‘rganib chiqadi. Unda Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan bir qatorda 6 nafar ekspert ishtirok etadi.
Joriy yilning avgustida 82 yoshli Akixito mamlakat aholisiga kutilmagan murojaat bilan chiqib, taxtdan voz kechishga tayyorligini bildirdi.
Manbaga ko‘ra, Komissiya bu borada hisobot tayyorlaydi, shundan so‘ng Yaponiya parlamentining ikki palata rahbarlari hukmron partiya va muxolifat vakillarini eshitib, qonunchilik jarayonlariga kirishadi.
Komissiyaga Yaponiya Iqtisodiy tashkiloti federatsiyasining (Keydanren) raisi Takasi Imai boshchilik qiladi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025