Jahon | 19:30 / 08.10.2016
7650
1 daqiqa o‘qiladi

«Metyu» dovuli birinchi toifagacha zaiflashdi

Foto: © AP

«Metyu» dovulining tahdidi birinchi toifagacha pasaydi, deb xabar qilmoqda CNN agentligi.

To‘fon shamolining tezligi soatiga 136 kmgacha susaygan.

Ayni vaqtda, dovul Janubiy Karolina sohillari yaqinida hukm surmoqda. U, shimoli-sharq tomon harakatlanishda davom etadi. 

Avvalroq, «Metyu» dovuli Haitida 877 kishining yostig‘ini quritgani xabar qilingan edi.  


 

Mavzuga oid