Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya "Rossiya tahdidi" tufayli ayollarni armiyaga chaqirishni rejalashtirmoqda
Shvetsiya Rossiya tomonidan harbiy tahdiddan xavfsirab, ayollarni ham majburiy armiyaga chaqirishni rejalashtirmoqda. Qo‘shni Norvegiyada bunday tizim allaqachon yo‘lga qo‘yilgan, siyosatchilarning so‘zlariga ko‘ra, katta xavf oldidagi kichik mamlakatlar uchun armiyaga ikki jins vakillarini chorlash optimal variant hisoblanadi. Bu haqida The Washington Post xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ayollarni armiyaga chaqirish to‘g‘risidagi qonun 2017 yilda kuchga kirishi mumkin. Ayollarning armiyada xizmat qilishi Shvetsiya aholisi uchun ajablanarli emas, zero mamlakatdagi gender farqlar asta-sekin o‘chib bormoqda.
Yaqinda o‘tkazilgan so‘rovnomada shvedlarning 70 foizi ayollarning chaqiruvga asosan armiyada xizmat qilishini qo‘llab-quvvatlashdi. Hech qanday diskriminatsiya haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas, chunki bu yerda jamiyat gender tenglik asosiga qurilgan.
Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa mamlakatlarida ayollarni armiyaga chaqirishni yo‘lga qo‘yish Rossiya tomonidan harbiy tahdid oldidagi qo‘rquvi bilan bog‘liq. Shvetsiya, Norvegiya va Finlyandiyadan ma'lum qilishlaricha, Rossiya ularni bosib olishi uchun atigi bir necha soatning o‘zi yetarli bo‘ladi, bu Rossiya armiyasi xizmatchilari soniga ko‘ra ularni ancha ortda qoldirishi bilan izohlanmoqda.
Ekspertlarning ta'kidlashicha, Shvetsiya dunyodagi harbiy bosimga haddan ziyod sekin munosabat bildirmoqda. Ularning fikricha, mamlakat juda uzoq vaqt davomida "yengil" armiyaga umid qilgan. Shunga qaramay, Yevroosiyo xavfsizligi masalalari bo‘yicha mutaxassis Keyr Jaylsning aytishicha, Rossiyaning Shvetsiyaga hujum qilish ehtimoli juda kam.
Mavzuga oid
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
13:20 / 21.05.2025
OAV: Urush boshidan beri Rossiya armiyasidan 49 ming kishi qochgan bo‘lishi mumkin
00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
21:20 / 10.05.2025