AQSh KXDRni yangi raketa sinovlari o‘tkazishdan tiyilishga chaqirdi
Qo‘shma shtatlar KXDR Koreya yarim orolidagi vaziyatni keskinlashtirmasligi, yangi raketa sinovlari o‘tkazishdan tiyilishi kerak deb hisoblaydi. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligining rasmiy vakili Geri Ross ma'lum qilgan.
"Biz Shimoliy Koreyaning avvalgi raketa sinovlari va hozirgi vaziyatni muhokama qildik. Biz BMTga o‘z xavotirimizni bildirdik. KXDR bu harakatlari uchun mas'uliyatni zimmasiga olishi kerak", deya Rossning so‘zlarini keltirgan TASS.
Pentagon vakili ta'kidlaganidek, AQSh KXDRdagi yangi raketa sinovini qoralaydi va ushbu masalani BMT Xavfsizlik kengashida ko‘rib chiqishga olib chiqmoqchi. Raketalar uchirish KXDRga BMT Xavfsizlik kengashining avvalgi qarorlari bilan bevosita taqiqlangan.
Bundan oldinroq, KXDR o‘rta masofaga harakatlanuvchi ballistik raketa sinovini o‘tkazgani ma'lum bo‘lgandi. AQSh Qurolli kuchlari Strategik qo‘mondonligi bayonotida raketa Kuson shahri yaqinida 14 oktabr, juma kuni mahalliy vaqt bo‘yicha kechga yaqin uchirilganligi ta'kidlangan.
Mavzuga oid
01:17 / 02.10.2024
Janubiy Koreya KXDRning yer osti bunkerlarini ham yakson etishga qodir eng kuchli raketasini namoyish etdi
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
18:21 / 19.09.2024
Do‘stona davlatlar bo‘ylab turne. Shoyguning KXDR, Eron va Suriyaga tashriflari ortida nima bor?
20:19 / 13.09.2024