Sport | 15:05 / 24.10.2016
11842
1 daqiqa o‘qiladi

The Guardian jurnalistlari Mourinoga yangi laqab topdi

Foto: The Guardian

Britaniyaning The Guardian nashri APLning 9-turi doirasida o‘tkazilgan «Chelsi» — «Manchester Yunayted» uchrashuvidan keyin mankunianliklar jamoasi bosh murabbiyiga yangi laqab qo‘ydi.

Gazetadagilar Joze Mourinoni «Xo‘rlangan» (The Humiliated One) deb atashgan.

Jurnalistlar bu laqabni portugaliyalik murabbiyning avvalgi laqabi hisoblanmish «O‘zgacha odam» (The Special One) laqabi o‘rnida qo‘llashgan.

Bundan oldinroq, murabbiy o‘yindan keyin raqiblar bosh murabbiyi Antonio Kontening qulog‘iga g‘alabani bunday nishonlash raqibga nisbatan haqorat sanalishini aytgani ma'lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid