Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Chegara bilmas muxbirlar»: 2024 yilda dunyoda 54 nafar jurnalist o‘ldirildi
Shuningdek, bir yil ichida qamoqqa tashlangan jurnalistlar soni 7,2 foizga oshib, 550 nafarga yetgan - ularning asosiy qismi Xitoyda.
Foto: AFP
2024 yil boshidan beri dunyoning 17 davlatida 54 nafar jurnalist o‘z vazifasini bajarish vaqtida o‘ldirildi. Bu haqda «Chegara bilmas muxbirlar» (RSF) hisobotida so‘z boradi.
Qayd etilishicha, qurbonlarning 31 nafari jangovar mojarolar yuz berayotgan zonalarda o‘ldirilgan va bu besh yillik maksimum hisoblanadi. Jurnalistlar uchun eng xavfli hudud sifatida G‘azo keltirilgan — ushbu hududda 16 nafar jurnalist halok bo‘lgan.
Bir yil ichida qamoqqa tashlangan jurnalistlar soni 7,2 foizga oshib, 550 nafarga yetgan. «Chegara bilmas muxbirlar» eng katta qamoqxona sifatida Xitoyni keltirgan — u yerda 124 nafar jurnalist hibsda. Myanmada — 61 nafar, Isroilda — 41, Belarusda — 40, Rossiyada — 38, Vetnamda — 38 nafar jurnalist qamoqda saqlanmoqda. Jurnalistlarga belgilangan ozodlikdan mahrum etish jazolarining umumiy muddati 250 yilga teng, to‘qqiz nafari umrbod qamoq jazosiga hukm etilgan.
2024 yilda 55 jurnalist asirga tushgan, ularning 38 nafari — Suriyada. Oxirgi bir yil ichida bedarak yo‘qolgan jurnalistlar soni 4 nafarga ortib, 95 nafarga yetgan — ularning aksariyati Meksika hisobiga to‘g‘ri keladi.
«Jurnalistlar o‘lmayapti, o‘ldirilyapti; ularni hukumatlar qamoqqa tashlayapti; ular yo‘qolmayapti, o‘g‘irlab ketilmoqda. Bu hukumatlar yoki qurolli guruhlar tomonidan tashkil etilayotgan jinoyat bo‘lib, xalqaro huquqni buzadi va ko‘pincha jazosiz qoladi», — deydi RSF bosh direktori Tibo Bryutten.
Mavzuga oid
16:35 / 25.05.2025
AQSh hukumati Pentagondagi jurnalistlar faoliyatini chekladi
20:20 / 24.01.2025
«Chegara bilmas muxbirlar» xalqaro jinoyat sudiga Lukashenkoga qarshi da’vo arizasi berdi
19:56 / 13.10.2024
Venesuela hukumati jurnalistlarning xorijga chiqish pasportlarini tortib olayotgani ma’lum bo‘ldi
23:59 / 08.10.2024