Fan-texnika | 12:19 / 27.10.2016
7251
3 daqiqa o‘qiladi

Microsoft yangi Windows versiyani namoyish etdi

Foto: “Hi-Tech.Mail.ru”

Microsoft kompaniyasi qo‘shimcha va  virtual reallikda 3D obektlarni ko‘tara oladigan yangi Windows 10 Creators Update versiyasini taqdim etdi, shuningdek, hamkor kompaniyalar tomonidan chiqarilgan VR- va AR-shlemlarni ham namoyish etilgan

Microsoft 3D imkoniyatni barcha uchun yaratishga kirishdi. Operatsion tizimda hajmli obektlar — Paint 3D bilan ishlash uchun ichki grafik muharrirligi paydo bo‘ldi. Bu taqdimotdan avval ma'lum qilingan edi. Buni 3Dda ishlash imkoniyatiga ega mukammallashtirilgan Paint desa ham bo‘ladi.

Endi dasturda obektlarni nafaqat tepaga-pastga yoki o‘ngga-chapga qimirlatgan holda balki uchinchi o‘q (chuqurlik) bo‘ylab harakatlantirgan holda uch o‘lchovli manzarani yaratish mumkin. Yangi uskunalar yordamida katta katalog ichidan yoki o‘z suratlaringizdan qo‘shgan holda tayyor 3D-obektlardan foydalanib, surat yaratish mumkin. Shuningdek, smartfon orqali barcha tomondan olgan holda real obektlarni muhrlash uchun yangi imkoniyat paydo bo‘ldi.

Boshqa reallik
Grafik muharrirlik bilan Windows 10da 3D imkoniyati tugamaydi.  Hajmli modellar Microsoft Office va brauzer Edge ofis paketi ichiga kiradi. HoloLens S garniturasi bilan 3D obektlardan qo‘shimcha shlemlar bilan birga qo‘shimcha va virtual reallikda ishlatish mumkin. Masalan, Microsoft sotib olishdan oldin uyning intereriga internet-do‘kondan mebellarni sinab ko‘rishni taklif qiladi.

Microsoft bir vaqtning o‘zida qo‘shimcha va virtual reallik garnituralarini  ham namoyish etdi. Ularni HP, Dell, Lenovo, ASUS va Acer ishlab chiqaradi. Narxi esa 300 dollardan boshlanadi.

Yangi imkoniyatlar
Endi vazifalar panelida tezkor kontaktlar paydo bo‘ladi. Shu tariqa, muhim insonlar bilan tezda bog‘lanish va ular bilan shunchaki tugmani bosgan holda hujjatlar va ilovalarni bo‘lishish mumkin.

Mavzuga oid