Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bahraynda eng tez Nissan GT-R ishlab chiqildi
Bahraynda joylashgan EkanooRacing tyuning atelesi poygachi Nissan GT-R modeli qayta ishlangan namunasining rekord ko‘rsatkichi qayd etilgan videoni internetga joylashtirdi. Sportkar chorak mil (400 metr) masofani 7,168 soniyada ortda qoldirgan va soatiga 336,44 km tezlikda harakatlangan. Tyunerlarning so‘zlariga ko‘ra, bu GT-R modellari tarixidagi eng yaxshi natijadir.
Hozircha, uning texnik ko‘rsatkichlari va boshqa tafsilotlariga oydinlik kiritilmayapti. EKanooRacing atelesining «Godzilla» negizidagi avvalgi loyihasida VR38 Billet Version 2 dvigateli bloki va ikkita Garrett GTX turbinasi o‘rnatilgan edi. Amerikaning AMS Performance idorasi ko‘magida barpo etilgan mashina motori salkam 2500 ot kuchiga ega bo‘lgandi.
Atele rahbariyati GT-R ustida izlanishlarni davom ettirish va mazkur masofada yangi rekord o‘rnatishga va'da bergan.
Mavzuga oid
10:12 / 20.05.2025
O‘zbekistonda yana uch davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi
17:56 / 16.05.2025
Amerikalik ayol sochiga osilib turgan holda rekord o‘rnatdi
00:16 / 06.05.2025
Maldiv prezidenti matbuot anjumani davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
17:32 / 18.04.2025