Jahon | 12:52 / 15.11.2016
31387
2 daqiqa o‘qiladi

OAVda Tramp va Gitler o‘rtasidagi o‘xshashlikka ishora qilinmoqda

Foto: Globallookpress.com

Snopes.com portali The New York Times'ning 1992 yil 21 noyabrdagi maqolasiga e'tiborni qaratdi. U Germaniyaning Milliy-sotsialistik ishchilar partiyasi (GMSIP) raisi Adolf Gitler shaxsiga bag‘ishlangan edi. 

Maqolada yozilishicha, Gitler tomonidan targ‘ib qilingan aksilsemitizm uning izdoshlari uchun o‘ljadan boshqa narsa bo‘lmagan. "U shunchaki o‘z tarafdorlarini yo‘ldan ozdirish va ularning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun aksilsemit targ‘ibotidan foydalangan", - deyiladi matnda. 

Bundan tashqari, The New York Times'da Gitlerning siyosiy dasturi umumiy so‘zlar niqobidagi salbiy g‘oyalardan iborat ekanligi ta'kidlangan. "U yahudiylar, kommunistlar, bolshevizm, marksistik sotsializm, separatistlar, turar-joylarning qimmatligi, joriy shart-sharoitlar, zaif nemis hukumati va Versal bitimiga qarshi bo‘lgan. U Germaniyaning qudratli hukmronlik ostidagi kuchli va birlashgan mamlakat bo‘lishini istagan".

Manbada yozilishicha, 2015 yilning 10 fevralida The New York Times bu materialni qayta chop etgan. U G‘arb OAVda keng tarqalgan. Ba'zi OAVda milliy sotsializm asoschisi va 2016 yilning 8 noyabrida AQSh prezidenti etib saylangan Donald Trampning usullari o‘xshashligiga ishora qilinmoqda. 

Milliarderning ba'zi siyosiy g‘oyalari va jumlalari o‘z mazmuniga ko‘ra, Gitlerning shiorlariga o‘xshatildi. Masalan, Tramp o‘zining saylov oldi kampaniyasida muhojirlarni mamlakatdan chiqarib yuborish va janubiy qo‘shnisi bilan chegarasida devor qurishga va'da bergan. Bundan tashqari, Amerika hududiga musulmonlarning kirishini taqiqlashi haqida ham aytib o‘tgan.


 

Mavzuga oid