Sport | 11:51 / 20.11.2016
15567
2 daqiqa o‘qiladi

APL o‘yini vaqtida chiroq o‘chib qoldi. Zulmat tarixi...

Foto: Reuters

Angliya chempionatining 11-turi doirasida «Sanderlend» va «Hall» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin kechgan «Stedium of Layt» stadionida yoritkichlar o‘chib qoldi.

Tribunalardagi muxlislar telefonlarini chiqarishgan va imkon qadar atrofni yoritishga urinishgan - ko‘rinish go‘zal edi, ammo bunday holatda o‘ynash qiyinligicha qolgandi.

Chiroq 10 daqiqa bo‘lmadi.

Yoritkichlarni to‘la ishlatishning imkoni bo‘lmagan, lekin o‘yin hakami Li Meyson shu holatda ham o‘yinni davom ettirishga qaror qilgan. O‘yin mezbonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bu stadiondagi an'ana bo‘lib – qorong‘ulikda ishlaydigan konchilarga hurmat ramzidir. Bu jamoa joylashgan hududda aholisi asosan konchilar bo‘lib, jamoa stadioni yaqinida konchilar chirog‘i yodgorligi ham bor.

Taqqoslash uchun, stadionda chiroq bor vaqtdaligida shunday ko‘rinish bo‘ladi.

 

Mavzuga oid