Jahon | 14:16 / 23.11.2016
15026
1 daqiqa o‘qiladi
Ukrainaning bosh lyustratori lavozimiga 23 yoshli qiz tayinlandi
Ukraina adliya vazirligi lyustratsiya masalalari bo‘yicha departament direktori lavozimiga 23 yoshli Anna Kalinchukni tayinladi. Bu haqida «Ukrainskiye novosti» agentligiga mamlakat adliya vaziri Pavel Petrenko xabar berdi.
"Departament jamoasi to‘planib, Anyaning nomzodini taqdim etdi. Men ham bu taklifni qo‘llab-quvvatladim", - dedi Petrenko.
U departamentning sobiq rahbari Tatyana Kozachenkoning iste'fosi rejalashtirilgan bo‘lganini qo‘shimcha qildi, zero ayol davlat xodimi lavozimda 2 yildan ortiq ishlamoqchi emasdi.
Manbaga ko‘ra, Anna Kalinchuk Lvov viloyatida tavallud topgan, Milliy Ostrog akademiyasini tamomlagan, shu kunga qadar Kozachenkoning yordamchisi sifatida faoliyat olib borgan.
Mavzuga oid
15:59
Borrel: YeI davlatlari UQKga Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berilganini muhokama qiladi
09:59
Ukraina xandaqlarida taqiqlangan CS gazi izlari topildi
08:37
Sibiga: Ukraina qanchalik uzoqroq zarba bersa, urush shunchalik tezroq tugaydi
01:00