Los-Anjyeles shossesidagi ulkan tirbandlik qanday bo‘lishi namoyish etildi
Los-Anjyelesning 405-shossesida vujudga kelgan yirik tirbandlik dron yordamida videotasvirga olindi. Videoyozuvlar 23 noyabr kuni ABC7 telekanalining Facebook sahifasida e'lon qilindi.
405-shosse Los-Anjyeles shahrining shimoliy qismini janubdagi San-Fernando vohasi bilan bog‘lovchi asosiy magistral yo‘l hisoblanadi. Tirbandliklarning vujudga kelishi esa, AQShda nishonlanadigan Shukronalik kuni bilan bog‘liq. U har yilning noyabr oyi to‘rtinchi payshanbasida tantana qilinadi. 2016 yilgi bayram sanasi 24 noyabrga to‘g‘ri keladi.
Bu kunning bayram qilinishi tarixi Amerika yerlariga ilk angliyaliklarning kelib tushishiga borib taqaladi. Rivoyatlarga ko‘ra, 1620 yili «Meyflauer» kemasida kelgan muhojir-ko‘chmanchilar qish mavsumini qiyinchilik bilan o‘tkazishadi, 1621 yil kuzida ko‘p hosil olgach, Yaratganga shukrona keltirib, bayram qilishadi.
Bayramning birinchi kunida yevropaliklar o‘zlari bilan birga olib kelgan kurka go‘shtidan tayyorlangan taomni dasturxonga tortishadi. Shukronalik kunini milliy bayram sifatida nishonlash taklifini AQShning birinchi prezidenti Jorj Vashington taklif qilgan.
Mavzuga oid
11:00 / 26.09.2024
Bishkekda davlat xizmatchilariga shaxsiy avtomobilda ishga borish cheklandi
21:10 / 25.09.2024
Los-Anjyelesda avtobus yo‘lovchilari garovga olindi
16:57 / 17.09.2024
Toshkent metrosida poyezdning nosoz holati sabab mega tirbandlik yuzaga keldi
15:50 / 17.06.2024