Jahon | 23:01 / 05.12.2016
4870
2 daqiqa o‘qiladi

2017 yilda BMT agentligiga 22 milliard dollar talab qilinadi

Foto: Reuters

BMT tashkilotining gumanitar yordam ko‘rsatuvchi bo‘limi kelasi yilda dunyo bo‘ylab tabiiy ofatlardan ziyon ko‘rgan kishilarga yordam berishi uchun 22 milliard dollar talab qilinadi. Bu haqida Daily Sabah nashri xabar berdi

Manbaga ko‘ra, 8,1 milliard dollar Suriya aholisiga va qochqinlarga yordam ko‘rsatishga safarbar etiladi. Umuman olganda Tashkilotning gumanitar bo‘limi 33 mamlakatdagi 93 million kishiga yordam ko‘rsatishni rejalashtirmoqda. Ularning deyarli uchdan ikki qismi - Afrikada. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda jahondagi 128 milliondan ortiq kishi omon qolish va xavfsizlik sharoitlarida yashash uchun shoshilinch yordam va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj.

BMT bo‘limining ma'lum qilishicha, Yaman, Suriya, Janubiy Sudan va Nigeriyadagi mojarolar juda ko‘p kishilarni qiyin ahvolda qoldirdi. Bundan tashqari qurg‘oqchilik va El-Nino hodisasi kabi tabiiy ofatlar ham insoniyatni halokatga yetaklamoqda. 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid