Jamiyat | 17:54 / 12.12.2016
38817
4 daqiqa o‘qiladi

National Geographic’dan yil suratlari

National Geographic jurnali 2016 yilning yovvoiy tabiat manzarasini tasvirga tushuruvchi fotosuratchisini aniqladi. U fransiyalik fotosuratchi Greg Lyoker bo‘ldi. Fotograf National Geographic ekspeditsiyasi bilan birga Galapagos orollariga 10 kunlik sayohat qiladigan bo‘ldi. Quyida taqdimotda munosib deb topilgan eng zo‘r fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.

1. «Sardinlar» — bosh sovringa, shuningdek, «Joy» va «Harakat» yo‘nalishlari bo‘yicha birinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi. Sardinlar delfin va baliqchi qushlarning qurboniga aylanishadi.

2. «Meduzali taom». «Harakat» yo‘nalishi hakamlari tomonidan maxsus tanlangan. Fotosuratchi Skott Portelli.

3. «Qarg‘a baliqchi ukkini kuzatib bormoqda». «Jonivorlar portreti» yo‘nalishi hakamlari tomonidan maxsus tanlangan. Surat Singapurda, sentabr oyi boshida suratga tushirilgan.

4. «Hayot uchun kurash». «Manzara» yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rin. Fotosurat Niderlandiyada tasvirga tushirilgan. Suratchi: Jyeykob Kaptayn.

5. «Yovvoiy muz maydon». «Manzara» yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi o‘rin. Italiyada, qishning birinchi kunida tasvirga tushirilgan.

6. «Mag‘rur ona». «Jonivorlar portreti» yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi o‘rin. Floridaning chuchuk suvli ko‘lida tasvirga tushirilgan. Ona baliq o‘z bolalari bilan.

7. «Facebook shtab-kvartirasi yonida». «Atrof-muhit muammosi» yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi o‘rin. San-Frantsisko bo‘g‘zida suratga tushirilgan. Suratchi: Kris Makken.

8. «Tupik studiyasi». «Jonivorlar portreti» yo‘nalishida uchinchi o‘rin. Yomg‘irdan panalab dam olayotgan qush Uelsning Skomer orolida tasvirga tushirilgan.

9. «Plyajdagi o‘rmon yong‘ini». «Ekologik muammolar» yo‘nalishida hakamlar tomonidan maxsus tanlangan. Surat Son-Serra plyajida tasvirga tushirilgan.

10. «Hayot va o‘lim». «Ekologik muammolar» yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rin. Oq ayiqning Shpitsbergen shimolida yotgan jasadi. Ayiqning nima sababdan o‘lgani ma'lum emas.

11. «Zaharlanish». «Ekologik muammolar» yo‘nalishi bo‘yicha uchinchi o‘rin. Suratda ko‘z uchun ishlatiladigan kosmetik vositasi (podvodka) tarkibidagi plastiklarning kattalashtirilgan ko‘rinishi. Surat Buyuk Britaniyaning Falmut universitetida tasvirga tushirilgan.

12. «Tinch okeani bo‘roni». «Manzara» yo‘nalishi bo‘yicha uchinchi o‘rin. Surat 2016 yilning iyun oyida tushirilgan. Panama.

13. «Amerika gullari». «Atrof-muhit muammosi» yo‘nalishi bo‘yicha hakamlar tomonidan maxsus tanlangan. Grenlandiyadagi AQSh harbiy-havo kuchlari bazasi. 1947 yil.

14. «Qushlar uchishga hozirlanmoqda». «Harakat» yo‘nalishi bo‘yicha uchinchi o‘rin. 

15. «Qorsiz, muzsiz». «Ekologik muammolar» bo‘yicha rag‘batlantiruvchi mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ayiq Alyaskaning Barter-Aylend qirg‘og‘ida o‘tiribdi.

16. «Do‘stlik farqni bilmaydi». «Jonivorlar portreti» yo‘nalishi bo‘yicha uchinchi o‘rin. Madrid, Ispaniya.

17. «Harakat» yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi o‘rin. Tabiat ofati Koloradoning Rey shahriga yaqinlashmoqda.

18. «Jonivorlar portreti» yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rin. Maxarashtra shtati, Hindiston.

19. «Quvnoq yashil meteor». «Manzara» yo‘nalishi bo‘yicha hakamlar tomonidan maxsus tanlangan.

 

Mavzuga oid