Turk politsiyasi Istanbuldagi teraktdan keyin 568 kishini hibsga oldi
Turk politsiyasi Kurdiston ishchi partiyasi faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilib 568 kishini hibsga oldi, deb ma'lum qilindi Turkiya ichki ishlar vazirligida.
Operatsiya 12-13 dekabrda Turkiyaning 28 ta viloyatida, jumladan Anqara, Istanbul, G‘aziantep, Izmir, Adana, Antaliya, Diyorbakirda o‘tkazilgan. Hibsga olinganlar ijtimoiy tarmoqlar va terrorchilik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash faoliyati orqali terrorchilikni targ‘ib qilishda ayblanmoqdalar.
12 dekabrda turk OAV Istanbuldagi teraktdan keyin bir nechta viloyatlarda o‘tkazilgan operatsiyada davomida kurdlarni qo‘llab-quvvatlovchi Xalqlar demokratiyasi partiyasining 118 nafar faoli hibsga olinganini ma'lum qilgandi.
10 dekabrda Istanbul markazidagi futbol maydoni yonida ikkita kuchli portlash amalga oshirilgan. Terakt oqibatida 44 kishi, jumladan 38 nafar politsiyachi halok bo‘lgan. Turkiya hukumati teraktni amalga oshirishda Kurdiston ishchi partiyasini ayblagandi. Biroq keyinroq terakt uchun javobgarlikni "Kurdiston erkinligi qirg‘iylari" kurd radikal guruhi o‘z zimmasiga olgandi.
Mavzuga oid
20:33 / 31.10.2024
Turkiya Respublikasining 101 yilligini nishonlayotgan Istanbul – fotoreportaj
21:06 / 24.10.2024
Teraktdan so‘ng Turkiyadagi o‘zbekistonliklar hushyorlikka chaqirildi
20:30 / 24.09.2024
Argentina sudi Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni hibsga olishga order berdi
18:42 / 10.09.2024