Samsung axiyri o‘z smartfonlari portlab ketishi sababini topdi
Samsung korporatsiyasi Galaxy Note 7 smartfonlari portlab ketishi sababini qidirish maqsadida o‘tkazgan tadqiqotini yakunladi. Samsung mutaxassislari chiqargan xulosalar haqidagi ma'lumot mustaqil laboratoriyalar, jumladan Korea Testing Laboratory va UL Korea’ga berilgan, deb xabar bermoqda The Investor.
Qayd qilish joizki, tergov natijalari hozircha oshkor qilinmagan. Instrumental kompaniyasi mutaxassislarining fikricha, gadjyetning portlashiga uning ichidagi detallarning juda zich qilib joylashtirilgani sabab bo‘lgan.
Nashrning yozishicha, Samsung yangi flagman modeli Galaxy S8 bilan bozorga "shiddat bilan qaytmoqchi". Galaxy Note 7’ning portlab ketishi bilan bog‘liq bir qator voqealardan keyin kompaniyaning obro‘siga putur yetdi va endi u bekamu-ko‘st flagman modelini namoyish qilishi lozim.
Taxmin qilinishicha, Samsung’ning yangi smartfoni displeyi ramkasiz va bukilgan bo‘ladi, old panelda esa ko‘z rangdor pardasining skaneri paydo bo‘ladi. Yangi smartfonni 2017 aprelda bozorga chiqarish belgilangan.
Mavzuga oid
18:56 / 25.11.2024
Janubiy Koreya prokuraturasi Samsung rahbari uchun 5 yil qamoq jazosi talab qilmoqda
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:57 / 26.09.2024
Samsung xodimlari radiatsiyaga uchragani tufayli kompaniya jarimaga tortildi
22:24 / 19.09.2024