O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi chegaralar ochilishi mumkin
O‘zbekiston va Qozog‘iston mustaqillik yillarida Markaziy Osiyoning yetakchi davlatlariga aylandi. 23 dekabr kuni Qozog‘iston respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Yerik Utembayev shu haqda jurnalistlarga ma'lum qildi, deb xabar bermoqda «Turkiston-press» milliy-axborot agentligi.
«Biroq ikki tomonlama hamkorlikning foydalanilmagan imkoniyatlari qolmoqda», - degan Yerik Utembayev. – Shu sababli, ikki davlat prezidentlari Nursultan Abishevich va Shavkat Miromonovichning sentabr oyidagi uchrashuvida yillik mahsulot ayirboshlash hajmini 5 mlrd dollarga qadar oshirishga erishishga qaror qilingan edi".
Mazkur topshiriq 22 sentabrda imzolangan savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi kelishuvga asos bo‘ldi. Hujjatga muvofiq, o‘zaro neft va neft mahsulotlari, elektrotexnika, mashinasozlik, avtomobilsozlik, farmatsevtika va agrosanoat mahsulotlarini sotish singari yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikdagi savdo uylarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Qozog‘istonning «Bayterek» milliy xoldingi (Qozog‘iston korxonalarining tashqi savdosini moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi) va O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilning birinchi to‘qqiz oyi yakunlari bo‘yicha o‘zaro mahsulot ayirboshlar hajmi 1,548 mlrd dollarni tashkil etdi. Qozog‘iston O‘zbekiston mahsulot ayirboshlashida 8,7 foizlik ulush bilan Xitoy (17,7 foiz) va Rossiyadan (17,2 foiz) keyingi uchinchi o‘rinda turibdi.
Joriy yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida Qozog‘istondan O‘zbekistonga 525 ming tonna bug‘doy uni va 1 mln 400 ming tonnaga yaqin boshqa don mahsulotlari yetkazilgan bo‘lsa, O‘zbekistondan qo‘shni respublikaga tabiiy gaz, uzum, o‘rik, tog‘olcha va gilos, pomidor, va quritilgan mevalar yetkazib berilgan.
Mamlakatlar rahbariyatiga mintaqalararo hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish vazifasi topshirildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston va Qozog‘istonning «Azia-Avto», KazKioti, «SamAvto» va GM Uzbekistan zavodlarida ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar, avtobuslar va qishloq xo‘jaligi texnikalarini yig‘ishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat iqtisodiyotini inobatga olgan holda amaliy jihatdan mutlaqo yangi mintaqalararo hamda chegaraviy aloqalar va munosabatlar tizimini shakllantirish, shuningdek, chegaralarni ochish zarur.
Bu yerda gap M-39 trassasidagi «Sirdaryo» va «Tselinniy» o‘tkazish punktlari maqomini o‘zgartirish to‘g‘risida ketmoqda. Bundan tashqari, «Toshkent-Qazigurt», «Guliston-Atameken» va «Zangiata-Qoplonbek» o‘tkazish punktlari maqomi ham o‘zgartirilishi haqida gapirilmoqda, deb qayd etgan Utembayev.
Mavzuga oid
16:29 / 19.11.2024
Qozog‘istonda magistral yo‘lda o‘rtacha tezlikni oshirganlar jarimaga tortiladi
20:59 / 18.11.2024
Qozog‘istonda Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi ko‘prik yuk avtomobillari uchun yopildi
15:13 / 18.11.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston ta’limda qo‘shma dasturlarni amalga oshirishni muhokama qilyapti
15:25 / 14.11.2024