Jahon | 09:09 / 29.12.2016
30631
2 daqiqa o‘qiladi

Charlie Hebdo: «Noxush xabar... Unda Putin yo‘q»

Fransiyaning o‘ta keskin karikaturalari bilan dong taratgan Charlie Hebdo jurnali o‘zining 28 dekabrdagi sonida Rossiya Mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti halokatiga doir suratlarni e'lon qildi. Masxaralovchi surat namunalari jurnalning Twitter sahifasiga joylashtirilgan. 

Ularning birinchisida qulayotgan samolyot tasvirlangan bo‘lib, uning salonidan artistning «a» deya kuylayotgani aks etgan. Surat ortida «Armiya xorining repertuari kengaymoqda», deb yozilgan.

Tu-154ga bag‘ishlangan ikkinchi karikaturada ham qulayotgan samolyot aks ettirilgan, ammo boshqa yozuv bor: «Noxush xabar... Unda Putin yo‘q ekan»

Uchinchi suratda suv ostida kuylayotgan harbiylar aks etgan. Ortlarida halokatga uchragan Tu-154 ko‘rinadi. Harbiylar oldida esa qo‘shiqdan orom olayotgan baliqlar suzib yurgani aks ettirilgan. Karikaturaning tepa qismiga: «Halokatdan so‘ng Qizil armiya yangi muxlislarga ega bo‘ldi», degan yozuvlarni o‘qish mumkin.

Charlie Hebdo jurnali oktabr oyida Parijda pravoslav cherkovi ochilishi munosabati bilan karikaturalarini e'lon qilgan edi. Bundan avval, mazkur jurnal Islom dini va uning muqaddas timsollarini masxara qilgan, buning oqibatida jurnal binosiga hujum ham qilingan edi. 

 

Mavzuga oid