Sport | 13:02 / 01.01.2017
7221
1 daqiqa o‘qiladi

«Chelsi» «Arsenal» rekordini takrorladi

«Chelsi» navbatdagi rekordlar sari yurishda davom etmoqda.

APLning 19-turida «Stok Siti» klubiga qarshi kechgan va 4:2 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yindagi yutuq «aristokratlar» uchun qatorasiga 13-g‘alaba bo‘ldi.

Natijada, «Chelsi» 2001/02 mavsumda «Arsenal» tomonidan o‘rnatilgan rekordni takrorladi.

Endi bu rekordni yangilash uchun Konte shogirdlari keyingi turda «Tottenhem»ni mag‘lub etishi talab etiladi. London derbisi 4 yanvar kuni «shporlar» maydonida bo‘lib o‘tadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid