Sport | 12:17 / 02.01.2017
7954
2 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu: Ba'zida odamlar o‘g‘limga otasidan ham yaxshi futbolchi borligini aytishadi

Madridning «Real» futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘g‘lining futbolchi bo‘lishini hamda hujumchi pozitsiyasida o‘ynashini orzu qilishi haqida gapirdi.

«Ba'zi kishilar o‘g‘limga otasidan ham yaxshi futbolchi borligi haqida aytishadi, biroq u bunga qanday javob qaytarishni yaxshi biladi. U aqlli bola, xuddi men kabi. Unga har doim odobli bo‘lishi kerakligini aytaman. Hayotida murakkab davrlar bo‘lishini bilaman, sababi hasad qiluvchilar juda ko‘p. Biroq u baxtli bo‘ladi.

Albatta, o‘g‘lim futbolchi bo‘lishini istagan bo‘lardim. Bu qiyin ekanidan ham xabarim bor, ammo u o‘zi istagan kasbni tanlashi mumkin. Men unga bosim o‘tkazmayman. Agarda u futbolchi bo‘lsa, hujumchi pozitsiyasida o‘ynashini xohlardim», - deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid