Jahon | 08:44 / 08.01.2017
19096
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh davlat kotibi Trampni tanqid qildi

Foto: ABC News

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Donald Trampning Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi elektron sahifasini xalqaro siyosiy masalalar bo‘yicha aloqa qilishning yaxshi usuli deb hisoblamasligini aytdi. Bu haqda ABC News telekanali xabar bermoqda.

"Men Twitter’da xalqaro siyosat bo‘yicha bayonot bermayman. 140 ta belgi biz qabul qilayotgan murakkab tanlovlarni bizga munosib tarzda ifodalashga imkon beradi, deb o‘ylamayman", deb javob berdi Kerri boshlovchining Trampning Rossiya va Tayvan kabi xalqaro mavzular bo‘yicha tvitlari borasidagi savoliga.

Kerri AQSh hukumati aloqaning boshqa turini tanlashiga umid bildirdi. "Biroq hammasi ma'muriyatga bog‘liq", deb aytdi Kerri.

Mavzuga oid