Fan-texnika | 23:10 / 13.01.2017
14587
4 daqiqa o‘qiladi

MWC 2017 ko‘rgazmasining eng kutilayotgan anonslari

7 fevral kuni texnologiyalar va gadjyetlarning eng yirik xalqaro ko‘rgazmasi - Mobile World Congress 2017 o‘z ishini boshlaydi. Hi-Tech nashri kutilayotgan tadbirning eng asosiy anonslari haqida ma'lumot berdi.

BlackBerry

BlackBerry brendidan foydalanish huquqiga ega TCL kompaniyasi rahbari yangi BlackBerry Mercury smartfonining promoroligini taqdim etdi. Shuningdek u qurilmaning MWC 2017 ko‘rgazmasida namoyish qilinishini tasdiqladi.

BlackBerry Mercury — jismoniy QWERTY klaviaturali smartfon. "Oraliq" tugmasiga barmoq izlari skaneri o‘rnatilgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, smartfon Snapdragon 625 protsessori va 3 Gb operativ xotiraga ega bo‘ladi. Qurilma esa Android 7.0 Nougat'da ishlaydi.

Androicentral nashri jurnalistlari BlackBerry Mercury'ning nusxasiga ega bo‘lishdi.

LG

Yangi LG G6 smartfonida kompaniya modul konstruksiyadan voz kechadi, uning korpusi monolit bo‘ladi. @OnLeaks insayder ma'lumotlariga ko‘ra, koreys flagmanida kameraning ikkilamchi moduli qoladi. Uning tagida barmoq izlari skaneri o‘rnatilgan smartfonni yoqish tugmasi joylashtirilgan bo‘ladi.

Yangi ma'lumotlarga ko‘ra, LG G6 keng formatli 5,7 dyuymli,  2880x1440 pikselli displeyga ega. Smartfon yangi Snapdragon 835 protsessorida ishlaydi.

Huawei

Fevral oyida Huawei kompaniyasi flagman smartfonlarning 10-avlodi -  Huawei P10'ni taqdim etadi. Smartfonlar qatori nechta smartfondan iborat bo‘lishi hozircha noma'lum. Biroq asosiy model, Huawei P10, yon tomonga tushgan displey va Leica'dan kameraning ikkilamchi moduliga ega bo‘ladi. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, smartfonda ikki barmoq izlari skaneri bo‘ladi - old paneldagi asosiy tugma va orqa paneldagi kamera tagida.

Telefon sun'iy intellekt, 5,5 dyuymli  AMOLED-displey va  yangi Kirin 960 protsessori bilan ta'minlanadi.

Nokia

Nokia kompaniyasi 26 fevralda yangi qurilmalar taqdimotini o‘tkazadi. Bu haqida NokiaMobile'ning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy akkaunti xabar berdi. Kompaniya bu borada hech qanday tafsilotlarga berilmadi, faqat bir necha anons bo‘lishi ma'lum qilindi.

Samsung

Eng kutilayotgan anonslardan biri — Samsung Galaxy S8. Galaxy Note 7 smartfonining portlashidan keyin yangi flagmanga katta qiziqish bildirilmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, smartfonda asosiy tugma ("Uyga") bo‘lmaydi, u va barmoq izlari skaneri displeyning pastki qismiga joylashtiriladi. Galaxy S8 qurilmasi Qualcomm va Samsung kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan Snapdragon 835 protsessorida ishlaydi. Shuningdek smarfton 8 Gb operativ va UFS 2,1 tezkor ichki xotiraga ega bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Yaqinda tarmoqda Ghostek kompaniyasining Galaxy S8 smartfoniga mo‘ljallangan g‘ilofi paydo bo‘ldi. Bu renderda yangi flagman dizaynini ko‘rish mumkin.

MWC 2017 ko‘rgazmasi 27 fevraldan 2 martga qadar Barselonada bo‘lib o‘tadi.

Manbaga ko‘ra, tadbirda texnologiya  sanoatining taniqli kishilari - Yevgeniy Kasperskiy ("Kasperskiy labaratoriyasi" direktori), Rajiv Suri (Nokia rahbari), Rid Xastings (Netflix direktori) va boshqalar ishtirokida an'anaviy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid