Sport | 11:22 / 17.01.2017
6764
2 daqiqa o‘qiladi

Kosta uchun Ispaniya grandlari talabgor

«Chelsi» hujumchisi Diyego Kosta inglizlar klubini tark etishi borasida xabarlar ko‘paygandan ko‘paymoqda.

The Independent xabarida qayd etilishicha, bu hujumchisiga Primeraning ikki grandi: Madridning «Atletiko» va Kataloniyaning «Barselona» jamoalari da'vogar.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar klubi «ko‘klar» rahbariyati bilan ushbu futbolchining transferi borasida aloqaga chiqqan. Shuningdek, «Atletiko» yozda «Manchester Yunayted»ga o‘tib ketishi mumkin bo‘lgan Antuan Grizmann o‘rniga Kostan qaytarmoqchi. 

Bundan oldingi xabarlarda «Chelsi» bosh murabbiyi Antonio Konte ushbu futbolchi yozda Xitoy chempionatiga sotilishiga rozi ekani aytilgandi. Qishki transferlar vaqtida jamoa ushbu hujumchisining transferi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmaydi.

Joriy mavsumda 28 yoshli futbolchi barcha turnirlar doirasida 21 uchrashuvda maydonga tushib, 14 gol urgan va 5ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Transfermarkt.de Kostani 45 mln yevroga baholagan, uning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilgacha tuzilgan.

Kosta Xitoydan olgan taklifi sabab «Chelsi»ga boykot e'lon qildi

Xitoy klubi Kosta uchun 100 million yevro to‘lamoqchi

«Chelsi» Kosta o‘rniga nomzodlar topib qo‘ydi

Kosta «Chelsi»ga shart qo‘yadi

Mavzuga oid