Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» hakamlar ko‘magida la-ligada peshqadamlik qilayotgani ma'lum bo‘ldi
Barselonaning Mundo Deportivo nashri La Liga uchrashuvlarining birinchi davrasidagi «Real» va «Barselona» ishtirokidagi o‘yinlarni tahlil qilib chiqdi. Bu haqida Tribuna.uz yozmoqda.
Nashr tahliliga ko‘ra «Real» hakamlar yordamida jami 8 ochko ishlagan, «Barselona» esa aksincha, 4 ochkoni boy berib qo‘ygan.
Misol sifatida nashr «Real» va«Selta» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni (2:1) ko‘rsatgan. O‘shanda Alvaro Morata «toza» ofsayd holatidan to‘pni darvozaga kiritgandi. Xuddi shunday e'tiroz Serxio Ramosning «Malaga» darvozasiga (2:1) urgan goli bo‘yicha ham bor. Shuningdek, «Espanol» (2:0) va «Deportivo»ga (3:2) qarshi uchrashuvlarda ham hakamlarning xatolari o‘yinga ta'sir o‘tkazgani ko‘rsatib berilgan.
«Barselona» ishtirokidagi uchrashuvlarda hakamlarning xatolari bo‘yicha esa 8 uchrashuv uchtasida jamoa ochko yo‘qotgan. «Selta»ga qarshi uchrashuvda (3:4), Neymarga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan keyin penalti belgilanmagani, «Malaga»ga (0:0) qarshi uchrashuvdagi Pikening toza golining hisoblanmasligi va «Vilyarreal»ga qarshi uchrashuvda (1:1) «Vilyarreal» himoyachilarining o‘z jarima maydonida ikki marta qo‘l bilan o‘ynaganiga qaramay penalti belgilanmasligi holatlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Ammo nashr shuningdek «Barselona»ning «Real Sosedad»ga qarshi uchrashuvda (1:1) hisobga olinmagan gol evaziga bir ochko ishlab olganini ham qo‘shimcha qilib o‘tgan.
Ma'lumot uchun 19 turdan keyin «Real» «Barselona»ni bitta uchrashuv kam o‘tkazgan holda 2 ochkoga ortda qoldirmoqda.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
09:45 / 25.05.2025
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
20:38 / 22.05.2025
Modrich «Real»ni tark etadi
11:33 / 19.05.2025