Sport | 16:35 / 28.01.2017
13191
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiya poytaxti qishki Olimpiada o‘yinlari mezbonligiga da'vogarlik qiladi

Shvetsiya poytaxti Stokholm shahri 2026 yilgi qishki olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilish uchun ariza topshiradi. Bu haqda Associated Press nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, Shvetsiya milliy olimpiya qo‘mitasi barcha hujjatlarni 2018 yil mart oyigacha tayyorlaydi. XOQ Olimpiada-2026 mezbonini 2019 yil yozida e'lon qiladi.

Ma'lumot uchun, Stokholm bundan 105 yil muqaddam, 1912 yilda yozgi Olimpiadani qabul qilgandi. Avvalroq, Yaponiyaning Sapporo shahri ham Olimpiada-2026ni o‘tkazish uchun ariza topshirishi haqida xabarlar tarqatilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda qishki Olimpiada o‘yinlari Janubiy Koreyaning Pxyongchang shahrida, 2022 yilda esa Xitoy poytaxti Pekin shahrida o‘tkaziladi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid