American Airlines samolyotidan 14 kg kokain topildi
American Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyotning burun qismidan 14 kilogramm kokain topildi. Bu haqda Reuters mahalliy politsiyaga asosan xabar berdi.
Hodisa Oklaxoma shtatining Talsa shahrida ro‘y bergan. Xabar qilinishicha, samolyotlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimi American Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing 757 samolyoti burun qismidan 14 kilogramm kokainni havo kemasini ta'mirlash bazasida ko‘zdan kechira turib aniqlagan.
Yuk Kolumbiyadan uchib kelgan bortda topildi. Giyohvand modda yettita to‘g‘ri burchaklik bloklarga o‘ralgan bo‘lgan. Bunday partiyaning ko‘cha bozorlaridagi narxi taxminan 200 ming AQSh dollari atrofida bo‘lishi mumkinligi xabar qilindi.
Mavzuga oid
13:10 / 24.09.2024
Germaniya supermarketlarida bananlar orasidan 95 kg kokain topildi
14:45 / 24.01.2024
Peterburg portida bojxona bir tonnadan ortiq kokainni musodara qildi
22:55 / 06.01.2024
Boliviyada mamlakat tarixidagi eng yirik kokain partiyasi musodara qilindi
23:13 / 13.07.2023