Qirg‘izistonda yosh yigitni kaltaklagan ikki militsioner ishdan haydaldi
Qirg‘izistonda ichki ishlar organlarining ikki nafar militsioneri ijtimoiy tarmoqlarda yosh yigitni kaltaklaganliklari tasvirlangan videoyozuv tarqalgach ishdan bo‘shatildi. Bu haqda Bishkek shahri IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Uning ma'lumotiga ko‘ra, «Olive» kafesi yonida yosh yigitning kaltaklanishi jamiyatda katta norozilikka sabab bo‘lgan, hodisa yuzasidan Bishkek shahri IIB o‘z tekshiruvni olib bordi.
Natijada Sverdlov tumani IIB jinoyat qidiruv bo‘limining 1992 yilda tug‘ilgan tezkor xodimi va Qirg‘iziston respublikasi IIVning uyushgan jinoyatchilik bilan kurash bo‘yicha bosh boshqarmasining 1991 yilda tug‘ilgan xodimi qo‘lga olindi.
Qo‘lga olinganlar ishdan bo‘shatildi hamda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bundan tashqari, ularning rahbarlariga nisbatan intizomiy choralar ko‘riladi.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024