Fan-texnika | 00:54 / 07.02.2017
13387
2 daqiqa o‘qiladi

Samsung Galaxy Note 7 telefonlaridagi muammolar sababi fosh etildi

Janubiy Koreya savdo, sanoat va energetika vazirligi Samsung Galaxy Note 7 bilan bog‘liq muammolar sababini aniqlash uchun  o‘tkazilgan tergovi natijasini chop etdi. Bu haqda Korea Herald nashri ma'lum qiladi.

Vazirlik xisobotida aytilishicha, ba'zi bir smartfonlarda izolyatsiya qatlami mavjud bo‘lmagan. Shu sabab elektrodlar ishdan chiqqan, qurilma qizib portlagan.. Bundan tashqari, bir qator akkumulyatorlar izolyatsiyasida kamchiliklar aniqlangan.

Muammoli batareyalar ikkala ishlab chiqaruvchi – Samsung SDI (Janubiy koreya bo‘limi) va ATL’da ham bo‘lgan. Kompaniyalar mustaqil ravishda qurilmalardagi muammolar sababini topa olmaganlar.

Samsung’ning ta'kidlashicha, smartfonlarning yonib ketishiga sabab e'lon qilingan  ko‘rsatkichlarga mos kelmagan batareyalar bo‘lgan.  Xulosa shundan iboratki, batareyalarning bir qismi izolyatsiya qatlamisiz ishlab chiqarilgan, ba'zi akkumulyatorlarda manfiy elektrod ultratovushli payvandlash vaqtida lat yegan bo‘lgan.  

Korea Test Laboratory laboratoriyasi ham hademay o‘zining bu boradagi izlanishlari natijasini taqdim etadi.

Mavzuga oid