Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaota mezbonlik qilgan Qishki Universiadaning yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Universtitet sporti xalqaro federatsiyasi (FISU) prezidenti Oleg Matitsin 2017 yilgi Qishki Universiada rasman yopilgani haqida e'lon qildi. Yopilish marosimi turnirga mezbonlik qilgan Olmaota shahrida o‘tkazildi.
Yopilish marosimida Qozog‘istonning qadimiy an'analari va urf-odatlari hamda bugungi kundagi rivojlanishi jarayoni aks ettirildi. Tomoshabinlar oldida akrobatlar va musiqachilar chiqish qilib, chiroqli shou uyushtirildi.

29 yanvardan 8 fevralgacha o‘tkazilgan turnirda umumjamoa hisobida Rossiya terma jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu jamoa vakillari 71ta medallar shodasiga ega chiqishdi: 29ta oltin, 27ta kumush va 15ta bronza. Ikkinchi o‘rinni 36ta medallar shodasini qo‘lga kiritgan Qozog‘iston (11-8-17), uchinchi o‘rinni 21ta medalga ega chiqqan Janubiy Koreya (11-5-5) egalladi.
Universiadada dunyoning 55 davlatidan tashrif buyurgan 2000dan ortiq sportchi ishtirok etdi. Turnirga O‘zbekistondan 3 nafar sportchi yuborgan - 2 chang‘ichi va bir snoubordchi borgandi. O‘zbekiston vakillari Universiadada bironta ham medal olmadi.
Keyingi qishki Universiada 2019 yili Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida o‘tkaziladi. 2021 yilgi qishki Universiada o‘yinlariga Shveytsariyaning Lyutsern shahri mezbonlik qiladi.

Mavzuga oid
19:06 / 20.04.2025
Qozog‘istonda o‘tkazilgan yarim marafon vaqtida ikki kishi vafot etdi
17:55 / 09.04.2025
Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan to‘qqiz nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi
12:17 / 25.03.2025
Olmaotada yashovchi shaxs advokat sifatida ChatGPT'dan foydalandi va sudda yutib chiqdi
11:34 / 19.03.2025