Fan-texnika | 00:04 / 09.02.2017
24866
1 daqiqa o‘qiladi

Samsung Galaxy S8 smartfonining yangi videosi paydo bo‘ldi

MySmartPrice sayti va ishonchli ma'lumotlari bilan tanilgan @OnLeaks Twitter-akkaunti yurituvchilari Samsung kompaniyasining hali e'lon qilinmagan yangi mobil qurilmalari videosi bilan bo‘lishishdi. 

Videoda ikki model namoyish qilingan — Galaxy S8 va Galaxy S8 Plus — shisha-metall dizaynda bajarilgan, ekran burchaklari qayrilgan, Iris skaner, USB Type-C porti, audiokirish va barmoq izlari skaneri bilan ta'minlangan. 

Chap yonida quvvat va ovoz sozlash tugmasi joylashgan, o‘ng yonida esa - yana bir klavish (taxminlarga ko‘ra, yangi ovozli yordamchi Bixby'ni chaqirish uchun). 

Bundan avval tarqalgan mish-mishlarga qarama-qarshi o‘laroq, Samsung smartfonlarining hech biri ikki kamerali tizimga ega emas. Asosiy kamera - 12 Mp, selfi-kamera - 8 Mp bo‘lib, QHD-video yoza oladi. 

Mavzuga oid