O‘zbek bokschisi Afrika chempionini nokautga uchratdi
Singapurdagi professional boks kechasi doirasida O‘zbekistondan bo‘lgan sportchi Qudratillo Abduqahhorov o‘z raqibini nokautga uchratdi.
O‘zbek bokschisi o‘zining o‘ninchi jangini Tanzaniya reytingida birinchi o‘rinni egallab turgan Idd Pialariga qarshi o‘tkazdi. Idd professional faoliyatini 2009 yilda boshlagan bo‘lib, bokschi o‘tgan yilda Universal Boxing Organization (UBO) yo‘nalishi bo‘yicha Afrika chempioni kamarini qo‘lga kiritdi. Shuni alohida ta'kidlab o‘tish joizki, tanzaniyalik bokschi kuchli zarbaga ega.
Singapurdagi jang 12 raund etib belgilangandi. Unda o‘zbekistonlik bokschi raqibidan kuchliroq bo‘lib chiqdi. Qudratillo uchinchi raundda Afrika chempioniga kuchli zarba berib, uni nokautga uchratdi.
Mavzuga oid
22:40 / 28.08.2024
Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘smatovga muddatidan oldin podpolkovnik unvonlari berildi
21:18 / 19.08.2024
«O‘zbekcha nokaut»: Qozog‘istonning Olimpiadadagi natijasi tanqid qilinib, O‘zbekiston bilan taqqoslandi
20:33 / 14.05.2024
Fyuri va Usik og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni unvoni uchun «Asr jangi»ni o‘tkazadi
18:01 / 13.04.2024