Jamiyat | 12:00 / 13.02.2017
41717
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda «Mercedes» egasi sovuqqonlarcha harakat qildi va...

Shu kunlarda Toshkent shahrida juda ham jiddiy qoidabuzarlik kuzatildi - «Mercedes» avtomobili egasi yo‘l harakati qoidalariga umuman rioya qilmasdan, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib harakatlandi.

Bu haqda Komil Karimov ismli fuqaro Facebook’dagi sahifasida izoh qoldirdi hamda hodisa joyidan olingan fotosuratni ilova qilgan.

«Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgandim. “Novza” metrosi chorrahasiga yetmasdan mashinani o‘ng tomonroq joyga o‘tkazdim hamda oldimdan shunday “mo‘'jiza” chiqib keldi. Men avtomobilni zo‘rg‘a to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldim. Uni aylanib o‘tmasdan, atayin to‘xtadim va “avariyka” maxsus chiroq belgilarni yoqib qo‘ydim. Shu bilan bir qatorda, “Mersedes”dagi shaxs ham menga yo‘l bo‘shatishga majbur emasdek joyida to‘xtab qoldi. Avvaliga men telefonni olib, uni suratga tushira boshladim. Keyinroq esa 102’ga qo‘ng‘iroq qilib, yuz bergan hodisa haqida aytib berdim. Telefon orqali suhbat qurayotganimda qoidabuzar haydovchi orqaroqqa harakat qilib, meni o‘tkazib yubordi, keyin esa qarama-qarshi yo‘l bo‘ylab ketaverdi. U nimalar haqida o‘ylagan? «Mersedes»da bo‘lgani uchun o‘zini boshqa insonlardan yuqori qo‘yishi va qonun hamda davlatga qarshi borishi haqidami? Yoki sabab boshqa narsadami? Ochig‘i, men tushunmadim», - deb yozgan Komil Karimov.

Eslatib o‘tamiz, «Toshshahartransxizmat» kompaniyasi 10 fevral kuni Toshkent shahrida Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari chorrahasi 11−23 fevral kunlari hududda yo‘l o‘tkazgich qurilayotgani munosabati bilan transport vositalari harakatlanishi uchun yopilishi haqida ma'lum qilgandi. Haydovchilardan esa ko‘rsatilgan muddatda shaharning boshqa ko‘chalaridan foydalanish iltimos qilingan. 

Mavzuga oid