O‘zbekiston | 17:39 / 15.02.2017
14126
2 daqiqa o‘qiladi

Rustam Azimov Rossiya-O‘zbekiston munosabatlarining ustuvor yo‘nalishlarini ma'lum qildi

Foto: Kun.uz

15 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi bosh vazir  o‘rinbosari Dmitriy Kozak boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 18-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Unda O‘zbekiston Respublikasi bosh vazir o‘rinbosari, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgarishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish kompleksining rahbari Rustam Azimov so‘zga chiqdi. 

R.Azimov tor doirada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kun tartibidagi eng dolzarb masalalar muhokama qilinganini ta'kidladi hamda ikki tomonlama munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlarini sanab o‘tdi:

1. Tovar ayirboshlash nomenklaturasini kengaytirish; 
2. Rossiyaga sarxil va qayta ishlangan meva-sabzavotlarni yetkazib berishni muvaffaqiyatli amalga oshirish; 
3. Investitsion hamkorlik salohiyatini oshirish;
4. Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish;
5. Turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish;
6. Transport sohasida hamkorlik qilish;
7. Ta'lim sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish;
8. Mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik.

Mavzuga oid