Fan-texnika | 18:18 / 16.02.2017
5803
1 daqiqa o‘qiladi

Microsoft eng kuchli o‘yin gadjyeti qachon taqdim etilishini ma'lum qildi

Microsoft kompaniyasi E3 o‘yinlar ko‘rgazmasida Project Scorpio o‘yin konsolini namoyish etadi. Bu AQShning Los-Anjyeles shahrida yoz boshida ro‘y beradi, deb xabar berilgan Xbox’ning rasmiy tvitterida.

Microsoft qurilmani tarixdagi eng kuchli konsol, deb atagan. Taxminlarga ko‘ra, Scorpio yangi avloddagi Xbox konsollari uchun kodli nomdir.

Ishlab chiqaruvchilarning ma'lumotiga ko‘ra, gadjyet 4K-kenglik va VR-texnologiyaga ega. U Xbox One odatiy nusxasidan to‘rt karra kuchliroq bo‘lishi kutilmoqda. 

Avvalroq Sony PlayStation 4 sotuvlar bo‘yicha rekord o‘rnatgani haqida xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid