Jamiyat | 22:05 / 17.02.2017
9544
2 daqiqa o‘qiladi

Alp kurortlarining yo‘qolish muddati e'lon qilindi

Foto:  Archiv SLF

Yevropalik olimlar Alp tog‘lari 2100 yilga borib hozirgi qor qoplamining 70 foizini yo‘qotishini taxmin qilishmoqda. The Cryosphere jurnalida shunga bag‘ishlangan tadqiqot haqida ma'lumot berildi

Joriy global isish sur'atlarini inobatga oladigan bo‘lsak, olimlarning taxminlari adolatli. Shunday bo‘lgan taqdirda asr oxiriga borib dengiz sathiga nisbatan 2,5 ming metr pastda qor qoplami yo‘qoladi. Shuningdek chang‘i mavsumi ham 1,5 oyga qisqarishi taxmin qilinmoqda. Bundan tashqari, 3 ming metr balandlikdagi qor qoplami chuqurligi 40 foizga qisqarishi kutilmoqda. 

Mualliflarning ta'kidlashicha, global isishdan eng ko‘p dengiz sathidan 1,2 ming metrdan pastda joylashgan tog‘-chang‘i bazalari jabr ko‘radi. Alpdagi barcha obektlarning taxminan chorak qismi shu hududlarga to‘g‘ri keladi. 

Shu bilan birga olimlar hodisalarning alternativ rivoji ehtimoli ham mavjudligini ta'kidlashdi. Bu versiya Alp tog‘larining joriy ekotizimi degradatsiyasini bekor qilmaydi, lekin uning ko‘lamini pasaytiradi. Asr oxiriga borib o‘rtacha global harorat Tselsiy bo‘yicha ikki darajadan ortiq pasaymasa, qor qoplami maydoni hozirgi holatidan taxminan 30 foizgacha qisqarishi mumkin. 

Olimlarning xulosalari kompyuterda modellashtirishga asoslangan. Bunda tog‘lardagi qor qoplamlarining yo‘qolish sur'atlarini baholashga imkon beruvchi ALPINE3D paketidan foydalanilgan. Olimlar hukumat va ishbilarmonlarni issiqxona gazlari chiqindilarini qisqartirishga chaqirishmoqda. 

Mavzuga oid