Fan-texnika | 20:49 / 19.02.2017
12095
2 daqiqa o‘qiladi

Haydovchisiz elektr poyga mashinalari poygasi to‘qnashuv bilan yakunlandi

Foto: Twitter.com/@Autoblogcomar

2016 yildan boshlab haydovchisiz avtomobillar o‘rtasida xalqaro musobaqa Roborace rasmiy poyga hisoblanadi va uning maqsadi sun'iy ong imkoniyatlarini namoyish qilishdan iborat. 19 fevralda Buenos-Ayresda Formula E trassasida ikkita haydovchisiz poyga mashinasi prototipi bellashdi.
 
Mashinalar nisbatan katta bo‘lmagan tezlikda harakatlandilar, biroq marraga soatiga 185 km tezlik bilan kelgan bir mashinagina o‘z imkoniyatlarini namoyish qila oldi. Ikkinchi mashina marraga yetib bora olmadi. Bunga u burilishni keskin boshlab, boshqaruvni qo‘ldan chiqargani sabab bo‘ldi. 

Poyga tashkilotchilari to‘qnashuvda birorta poygachi jabr ko‘rmaganini aytib, bunday poygalarning ustunligini qayd qilishdi. Hozircha bir narsa aniq bo‘ldi: to‘qnashuvga uchragan avtomobil uchun dasturiy ta'minot yaratganlar hali o‘z ustlarida ishlashlari kerak ekan. 

Foto: Twitter.com/@Autoblogcomar

Avtomobillar oddiy  poyga mashinalaridan uncha farqlanmaganlar: ikkala bolidning konstruksiyasida haydovchi uchun o‘rindiqlar mavjud bo‘lib, biroq poyga vaqtida bu o‘rindiqlar bo‘sh bo‘lgan. Mashina yaratuvchilarining aytishlaricha, ushbu sinov modellari yanada takomillashadi. Haydovchisiz poyga avtomobillari avval ham oddiy treklarda sinalgan, biroq avtopilotda ishlovchi ikkita elekrobolid bunday sharoitlarda ilk marta bellashdi.

Formula Ye poygalari Xalqaro avtomobil federatsiyasi FIA’ning  batareyalarda ishlovchi va elektroprivodlar evaziga harakatlanuvchi elektr poyga bolidlari chempionati hisoblanadi.

Foto: Twitter.com/@Autoblogcomar

 

Mavzuga oid