Qozog‘istonda o‘n ming tengelik pullar yonib deyarli kulga aylandi
Internetda Qozog‘istonning o‘n ming tengelik pul qog‘ozlari yonib ketgani tasvirlangan fotosuratlar tarqaldi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz nashri. Ma'lum bo‘lishicha, bankomatni o‘g‘irlash bo‘yicha omadsiz harakatdan so‘ng shunday voqea sodir bo‘lgan. Holat Olmaota viloyatining Sario‘zak posyolkasida joylashgan do‘konlardan birida yuz bergan.
Jinoyatchilar pullarni olishga qanchalik urinishmasin, buning uddasidan chiqa olishmagan, biroq bunday harakat tufayli bankomatdagi qog‘oz pullar qisman yonib ketgan.
Olmaota viloyatining ichki ishlar departamenti rasmiy vakili Ayman Mirzekovaning xabar qilishicha, hodisa 18 fevral kuni ro‘y bergan.
"Sario‘zak posyolkasida haqiqatdan ham shunday hodisa ro‘y berdi. Bu holat sudga qadar surishtiruv bo‘yicha yagona reyestrda qayd etildi. Boshqa tafsilotlar ma'lum emas", - deya ta'kidlab o‘tgan Ayman Mirzekova.
Mavzuga oid
21:23
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
15:30
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
09:40 / 12.11.2024
«Forish» poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
20:54 / 11.11.2024