Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manba yong‘in qaysi binosida sodir bo‘lganini ma'lum qildi
Bugun kunning ikkinchi yarmida Toshkentning Chilonzor tumanida, «Mirzo Ulug‘bek» metro bekati yaqinidagi binoda yirik yong‘in yuz berdi.
«Kun» muxbirining voqea joyidan xabar qilishicha, yong‘in Oliy xo‘jalik sudi binolaridan birida ro‘y bergan.

Bundan oldingi xabarlarda yong‘in sud binosiga yondosh joylashgan Toshkent viloyati prokuraturasi binosida ro‘y bergani aytilgandi. Alanga chiqqan vaqtda bino ichida odamlar bo‘lgandi, aynan qancha odam bo‘lgani aniq emas, yong‘in tufayli jabrlanganlar bo‘lishi mumkin.
Yong‘in juda kuchli bo‘lgan, ayni vaqtda ham bino tutun burqsimoqda. Hududda o‘t o‘chiruvchilar ishlamoqda.

Ma'lum muddat yo‘llar yopilgan.


Yong‘in sababi noma'lum qolmoqda. Yong‘in keltirgan talofatlar miqdori ham ma'lum emas.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025