Jahon | 18:21 / 23.02.2017
12026
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya: «Al-Bob olindi»

Turkiya qurolli kuchlari va Suriya muxolifati otryadlari «Frot qalqoni» amaliyoti davomida IShID nazoratidagi Al-Bob shahrini ozod qildi. Bu haqda Turkiya bosh shtabi ma'lum qildi.

«Frot qalqoni» aksilterror amaliyoti Suriya shimolida 24 avgustdan buyon Turkiya Qurolli kuchlari qo‘llab-quvvatlovi ostida olib borilmoqda. Turkiya armiyasi bu amaliyotdagi ishtirokini o‘zini tahdiddan himoya qilish, mamlakatga IShIDdan bo‘layotgan tahdidni yo‘q qilish bilan asoslaydi.

Amaliyot doirasida Suriyaning Turkiyaga chegaradosh hududlarini terrorchilardan tozalash, gumanitar yordam yetkazib berish va IShIDga qarshi xalqaro koalitsiyani qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.

«Frot qalqoni» amaliyoti davomida Suriyada 1880 kvadrat kilometr hududdagi maydon terrorchilardan tozalangan, bu hududda 228 aholi punktlari joylashgan.

Mavzuga oid