Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Skype Lite mobil ilovasi namoyish etildi
Hindistonning Mumbay shahrida bo‘lib o‘tayotgan Future Decoded konferensiyasida Microsoft rahbari Satya Nadella Skype Lite mobil ilovasini taqdim etdi. U aloqa sifati past bo‘lgan mintaqalar foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan. Bu haqida TechCrunch portali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Android operatsion tizimi boshqaruvidagi qurilmalarda ishlovchi ilova xabar almashish va VoIP-telefon funksiyalaridan foydalanish imkonini yaratadi. Kompaniyadan ma'lum qilishlaricha, Skype Lite ilovasi 2G-tarmoqlar uchun maxsus optimallashtirilgan.
Bugungi kunda Skype Lite faqat Hindistonda ishga tushirilgan. Boshqa mamlakatlarda qachon yo‘lga qo‘yilishi hozircha noma'lum. Ilova sakkiz tilga tarjima qilingan, u yangiliklardan xabar topish va hatto aviachiptalar buyurtma qilish mumkin bo‘lgan chat-botlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Bundan tashqari, 2017 yilning iyunida Microsoft korporatsiyasi Skype Lite'ni Aadhaar milliy tizimi bilan integratsiya qilmoqchi. Aadhaar - hind fuqarolarining biometrik ma'lumotlari saqlanuvchi tizim.
Kompaniya vakillarining ma'lum qilishicha, bu turli vaziyatlarda noma'lum abonentlarni tez aniqlash imkonini beradi.
Mavzuga oid
00:16 / 24.05.2025
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
18:01 / 05.05.2025
Microsoft kompaniyasi Skype’ni yopdi. Messenjer 20 yildan ortiq faoliyat yuritdi
20:55 / 09.04.2025
Microsoft dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi
14:18 / 02.03.2025