Jamiyat | 16:35 / 02.03.2017
18678
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Bobur nomidagi Toshkent Markaziy bog‘i loyihasi

Foto: Gazeta.uz

O‘zbekiston poytaxti markazidagi 12 gektarli maydonga ega eski hayvonot bog‘i hududida Bobur nomidagi Toshkent Markaziy bog‘i qurilmoqda.

Bo‘lajak bog‘ loyiha eskizlariga ko‘ra, bu yer sayr qilish, dam olish hamda barcha yoshdagi insonlar sport bilan shug‘ullanadigan joyga aylanadi.

Bu yerda sayr uchun yo‘llar va ko‘plab o‘rindiqlardan tashqari, yugurish va veloyo‘laklar, futbol maydoni hamda ochiq trenajyorlarni qurish rejalashtirilgan.

Bog‘da 150 o‘ringa ega kafe ham joylashadi, ko‘l markazidagi orolchada esa to‘y tadbirlari hamda fotosessiyalar o‘tkazish mumkin. Suv havzasi qirg‘og‘ida kichik pirs (kemalar bog‘lab qo‘yiladigan maxsus joy) quriladi.

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, yangi bog‘ Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni – 1 iyunga atab ochilishi mumkin.

Foto: Gazeta.uz
Foto: Gazeta.uz
Foto: Gazeta.uz

Mavzuga oid