Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidenti parlamentni tarqatib yuborish taklifini qo‘llab-quvvatladi
Qirg‘iziston prezidenti «Onuguu-Progress» fraksiyasi yetakchisi Bakit Torobayevning parlamentni tarqatib yuborish borasidagi taklifini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda u bugun davlat mukofotlarini topshirish vaqtida aytib o‘tgan.
1 mart kuni Jogorku Kenesh yig‘ilishida Omurbek Tekebayevning hibsga olinishi muhokama qilingan, Torobayev parlamentning muammolarni hal eta olishini shubha ostiga olgandi.
«Agar biz hech narsa qila olmasak, parlamentni tarqatish va yangi saylovlar haqida e'lon qilish kerak», — degandi xalq deputati.
«U bu gapni o‘z tarafdorlari uchun gapirdi, lekin men uning bu taklifini qo‘llab-quvvatlayman», — dedi Almazbek Atambayev.
«Hurmatli deputatlar, aytishganidek, qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi. Balki, Torobayevni qo‘llab tarqalish kerakdir? Unda qonunni hurmat qilib, mamlakat kelajagini o‘ylab, xalq uchun ishlashda davom eting, xudo haqqi! Agar sizga haqiqat kerak bo‘lmasa, xalqqa kerak. Agar sizga tinchlik va barqarorlik kerak bo‘lmasa, bu odamlar uchun kerak!» — degan Almazbek Atambayev.
Mavzuga oid
07:37 / 10.04.2025
Toshkentda Parlamentlararo ittifoqning yubiley assambleyasida 140 davlatdan 2000 ga yaqin delegat qatnashdi
14:13 / 06.04.2025
Dunyo parlamentlarida ayol siyosatchilarning soni va nufuzi ortmoqda - Martin Chungong
15:25 / 03.04.2025
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
11:18 / 23.03.2025